Toshkent shahrining Bektemir tumanida bugun, 10-sentabr kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’mirlash ishlari sababli gaz o‘chirilishi to‘rt ko‘p qavatli uy va 250 ta kvartiraga ta’sir qiladi. Gaz soat 10:00 dan 18:00 gacha “Iqbol” mahallasi va Suvsoz massividagi 16, 16-A, 16-B va 17-B uylarda bo‘lmaydi.
Ta’mirlash ishlari tugagach, tabiiy gaz bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Kompaniya yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Source: podrobno.uz