Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida 2030 yilga qadar 100 ta gastronomik, turistik, sayr va tunu kun ishlaydigan ko‘chalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyihalar poytaxtning barcha 12 tumanini qamrab oladi, deb xabar berdi AN Podrobno.uz.

Eng ko‘p ko‘chalar Chilonzor tumanida – 11 ta quriladi. Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yunusobod va Yangihayot tumanlarida 10 tadan, Mirobod, Olmazor, Shayxontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida 8 tadan, Uchtepa tumanida 6 ta, Bektemir tumanida esa 3 ta shunday ko‘cha barpo etiladi.

Loyihalarni amalga oshirish uchun 2026 yilda davlat byudjetining tejalgan mablag‘laridan 175 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Umuman, 2030 yilgacha bunday ko‘chalarni yaratishga bosqichma-bosqich 1 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Avvalroq Toshkentdagi Taras Shevchenko nomidagi turistik ko‘chani qariyb 400 metrga uzaytirish haqida xabar berilgan edi. Yangi qismni obodonlashtirish va sayr, dam olish hamda biznes uchun jamoat maskanlari bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.

Source: podrobno.uz