Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namangan viloyatining Chust tumanida 66 yoshli ayol o'z hovlisidagi 4 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi. Voqea 12-sentabr kuni ertalab sodir bo'lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, pensioner ehtiyotsizlik tufayli quduqqa tushib ketgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, ayolni quduqdan olib chiqishgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari ayolni ko'rikdan o'tkazishgan. Hozirgi kunda uning ahvoli yaxshi ekani ma'lum qilindi.

Avvalroq FVV xodimlari xususiy uy hududidagi hojatxonaga tushib ketgan 5 yoshli qizchani qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi. Tibbiyot xodimlari unga yordam ko'rsatib, ota-onasiga topshirishgan.

Source: podrobno.uz