Joriy haftada, 14-17 sentabr kunlari O'zbekistonning butun hududida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanadi. Harorat fon iqlim me'yoriga mos keladi.
O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatning katta qismida yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat 16 sentabr, chorshanba kuni Farg'ona vodiysining ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin.
Kechalari havo harorati 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja, respublikaning janubida 35-37 daraja issiq bo'ladi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. 16 sentabr chorshanba kuni ba'zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to'zon ko'tarilishi mumkin. Tog'li hududlarda 14-17 sentabr kunlari qisqa muddatli yomg'ir yog'adi.
Toshkentda 14-17 sentabr kunlari oz bulutli, yog'ingarchiliksiz ob-havo kutiladi. Kechalari harorat 15-18 daraja, kunduzi 30-33 darajagacha ko'tariladi. Shamol sharqdan, 3-8 m/s tezlikda esadi.
Source: podrobno.uz