Octobank o‘zining internet-ekvayring xizmatini kengaytirib, Uzbekistan Airways uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov imkoniyatini taqdim etdi. Endi aviabiletni onlayn xarid qilishda yo‘lovchi bank kartasi rekvizitlarini qo‘lda kiritishi shart emas — smartfonda raqamli hamyonni tanlab, to‘lovni tasdiqlash kifoya.
To‘lov jarayonida tokenlashtirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi: bank kartasining haqiqiy rekvizitlari savdo nuqtasiga uzatilmaydi. Bu xavfsizlikni oshiradi va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydi.
Octobank transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilevning so‘zlariga ko‘ra, smartfon orqali bir necha marta bosish bilan aviabiletni to‘lash bugungi kunda mijozlar tajribasining bir qismiga aylanmoqda. «Octobank uchun nafaqat yangi to‘lov usulini qo‘shish, balki xarid jarayonini tezroq va qulayroq qilish muhim. Ayniqsa, birinchi hamkorlar aviatsiya va turizm sohasidagi yirik kompaniyalar bo‘lgani e’tiborga molik. Kelgusida bu texnologiya boshqa e-commerce va xizmat ko‘rsatish sohalari vakillari tomonidan ham talab qilinadi deb umid qilamiz», — dedi u.
Uzbekistan Airways matbuot xizmati yangi to‘lov usuli yo‘lovchilar uchun onlayn chipta xarid qilishni qulayroq qilganini ta’kidladi. «Octobank bilan birgalikda amalga oshirilgan texnologik yechim tufayli mijozlarimiz aviabiletlarni Apple Pay va Google Pay orqali bank kartasi rekvizitlarini qo‘lda kiritmasdan to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biz Octobank bilan hamkorlikni va uning O‘zbekiston aviatsiya sanoati uchun zamonaviy raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qadrlaymiz», — deyiladi xabarda.
Apple Pay va Google Pay Octobank internet-ekvayring doirasida mavjud bo‘lib, onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi kompaniyalar tomonidan ulanishi mumkin. Octobank mijozlari Octo-mobile ilovasini yuklab olishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Instagram: @octobank.uz, Facebook: fb.com/octobank.aj, YouTube: octobank, Telegram: t.me/Octobank_AJ, veb-sayt: octobank.uz. Telefon: +998 71 202 33 33. Manzil: Furqat ko‘chasi, 2A.
Source: uznews.uz