Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 17−18-sentabr kunlari tez tayyorlanadigan ovqatlanish shoxobchalaridan birida xot-dog va burger iste’mol qilgan 37 kishi tibbiy yordamga murojaat qildi. Ularning barchasi holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishidan shikoyat qilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining xabariga ko‘ra, murojaat qilganlardan 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Qolganlariga ambulator yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv olib borilmoqda. Mutaxassislar laboratoriya tahlillari uchun oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar oldi. Umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Hozircha zaharlanishning aniq sababi noma’lum. Tekshiruv natijalari e’lon qilinishi bilan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Source: www.gazeta.uz