Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Nukus shahridagi 1-son texnikumda ilk bor Britaniyaning Pearson BTEC xalqaro dasturi asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi. Mazkur dastur dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida amal qiladi hamda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Texnikumda talabalar uchun zamonaviy ustaxonalar va raqamli laboratoriyalar tashkil etilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 11,9 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 2 milliard so‘mi xalqaro hamkorlar tomonidan ajratilgan. Yangi ustaxonalar 240 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, texnikumda jami 1200 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda. Shuningdek, 136 nafar talaba spin-off dasturi doirasida zamonaviy kasblarni o‘zlashtirmoqda, asosiy fanlar esa ingliz tilida olib boriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘quv jarayonini ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib tashkil etishni topshirdi. Joriy yilda ushbu texnikumda payvandlash ishini o‘rgangan 25 nafar bitiruvchi Estoniyaga ishga jo‘nab ketdi, ularning oylik maoshi 3 ming yevrogacha yetadi. Bundan tashqari, texnikum 40 million dollarlik sanoat zonasi uchun mutaxassislar tayyorlaydi.

Avvalroq xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida 150 ish o‘rni yaratilgan Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan ham tanishgan edi.

Source: podrobno.uz