28-sentabr kuni Toshkent viloyatida zilzila yuz berdi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila ertalab soat 09:03 da qayd etilgan.
Zilzila epitsentri Piskent tumanida joylashgan bo'lib, u yerda silkinish kuchi 2-3 ballga yetgan. Toshkent shahridan 66 km janubi-sharqda joylashgan o'choq magnitudasi 3,6 ga teng bo'lgan va chuqurligi 15 kilometrni tashkil qilgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, zilzila sezilgan hududlar orasida Piskent tumani va unga yaqin aholi punktlari bor. Hozircha jabrlanganlar yoki vayronagarchilik haqida xabar berilmagan.
Seysmoprognostik monitoring markazi zilzila oqibatlarini kuzatishda davom etmoqda. Aholiga vahima qilmaslikka chaqirilmoqda.
Source: www.gazeta.uz