Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Italiyaning Pesaro shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi sport akrobatikasi bo'yicha jahon chempionati yakunlandi. Unda O'zbekiston terma jamoasi ikkita bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ikkala medalni ham erkaklar to'rtligi vakillari keltirdi. Pyesedestalga Azizbek Saparbayev, Hikmatillo Ibrohimov, Anvarjon G'ofurov va Ikromjon Nosirovlar ko'tarilishdi. Ularning chiqishlari jamoaga bir vaqtning o'zida ikkita jahon chempionati bronza medalini taqdim etdi. Bu terma jamoa uchun xalqaro maydonda muhim natija bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev sport rasmiylarini formalizm va past natijalar, jumladan, akrobatika bo'yicha ham tanqid qilgan edi. Ushbu g'alaba tanqidlarga qaramay, sportchilarning salohiyatini ko'rsatadi.

Source: podrobno.uz