Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahri, Yunusobod tumani hokimiyati Botanika bog‘i hududida sun’iy suv havzasi yaratilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. Avvalroq bu hududda tuproq qazish ishlari olib borilgani va daraxtlar kesilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tuman hokimiyati bu ma’lumotlarni rad etib, bog‘ hududida daraxtlar kesilmayotganini ma’lum qildi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, olib borilayotgan ishlar sun’iy ko‘l qurish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, sun’iy ko‘lning maydoni 0,5 gektarni, suv hajmi 10 ming kub metrni tashkil etadi. Shuningdek, 1,2 kilometr uzunlikdagi velosiped va piyodalar yo‘lkasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, hududda qo‘shimcha 180 ta daraxt ekish ko‘zda tutilgan. Hokimiyat vakillarining tushuntirishicha, suv havzasi bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun dam olish sharoitlarini yaxshilash va daraxtlar uchun zarur bo‘lgan namlikni oshirish maqsadida yaratilmoqda.

Source: podrobno.uz