Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, 30-sentabrdan 2-oktabrgacha kutilayotgan yomg'irlar tufayli respublikaning tog' va tog' oldi hududlarida sel va suv toshqini xavfi mavjud. Bu haqda O'zgidromet rasmiy ogohlantirish e'lon qildi.

Qashqadaryo viloyatida Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Kamashi, G'uzor tumanlari xavf zonasida. Surxondaryo viloyatida Sariosiyo, O'zun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Muzrabot tumanlari xavf ostida. Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari xavfli hududlar qatoriga kirdi.

Navoiy viloyatida Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari; Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari; Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari xavf ostida ekani ma'lum qilindi.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlari; Farg'ona viloyatida So'x, Shohimardon, Farg'ona, Beshariq tumanlari; Andijon viloyatida Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri xavfli hududlar ro'yxatiga kiritilgan.

Ayrim hududlarda yomg'ir suvlarining to'planishi ham mumkin, bu esa hududlarning suv bosishiga olib kelishi mumkin. Tog' va tog' oldi hududlarida yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog'li hududlarga chiqayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini ko'rishlari kerak.

Source: uznews.uz