Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida joriy yilning 5-9-oktabr kunlari qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni aniqlashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan besh kunlik mintaqaviy o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi negizida tashkil etildi.

O‘quv dasturida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va mezbon mamlakatning chegara hamda bojxona idoralaridan jami 15 nafar xodim ishtirok etdi. Intensiv kurs noqonuniy olib o‘tilayotgan o‘qotar qurollar va portlovchi moddalarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga, shuningdek, instruktorlar tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirildi.

Amaliy mashg‘ulotlar havo oqimlarini tahlil qilish, begona hidlarning ta'sirini oldini olish usullari hamda turli ob'ektlarni, shu jumladan transport vositalari va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni ko‘zdan kechirishni o‘z ichiga oldi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi itlarning farovonligini ta'minlash va ularning tezkor shayligini saqlashga alohida e'tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar transchegaraviy noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida standart operatsion tartib-qoidalarni kelishib oldilar. Eslatib o'tamiz, mazkur tashabbus Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Finlyandiya va AQSh rejimi tomonidan moliyalashtiriladigan YXHT loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Source: podrobno.uz