Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

10-oktabr kuni Toshkent shahrida TENET kompaniyasi hamda BMW’ning Oʻzbekistondagi eksklyuziv importchisi hisoblangan Premium Auto hamkorligida 2027-yilgi model qatoriga mansub BMW 7 Series avtomobilining yopiq taqdimot marosimi tashkil etildi. TENET shourumida boʻlib oʻtgan mazkur tadbir elita doiralari, biznes vakillari hamda har ikkala brendning sodiq mijozlarini bir maydonga to‘pladi.

Tantanali kechada Germaniyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mattias Foller qatnashib, qutlov nutqi bilan soʻzga chiqdi. Shuningdek, Premium Auto kompaniyasi asoschisi Baxtiyor Hojiyev hamda TENET Group rahbari Tuhfat Anvarxoʻjayev ham soʻzga chiqib, hamkorlik istiqbollari haqida fikr bildirdi. Spikerlar oʻzaro munosabatlarning poydevori sifatida yuqori sifat, o‘ziga xos estetika, qulaylik va mijozlar uchun innovatsion tajriba taqdim etish tamoyillarini eʼtirof etishdi.

Tadbirning badiiy qismi jonli pianino sadolari ostida boshlandi. Taassurotlarni boyitish maqsadida tashkilotchilar avtomobil namoyishini o‘ziga xos installyatsiya bilan uyg‘unlashtirdi: BMW 7 Series namunalari TENET ramzi tushirilgan tarixiy Nikolayev gʻishtlari qurshovida, shaffof shisha podiumlarda joylashtirildi. Bu esa zamonaviy nemis muhandisligi va qadimiy me’moriy uslub o‘rtasida o‘ziga xos vizual muzey ekspozitsiyasi muhitini yaratdi.

Ushbu tadbir orqali lyuks toifadagi koʻchmas mulk va avtomobilsozlik sanoatining yetakchi tendensiyalari uyg‘unlashtirildi. Tashrif buyuruvchilar nafaqat yangilangan flagman modeli bilan batafsil tanishish, balki TENET kompaniyasining istiqbolli arxitektura loyihalari hamda Premium Auto faoliyati boʻyicha toʻliq maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Rasmiy taqdimot qismidan so‘ng kecha afterpati formatida davom etdi. Jonli musiqa sadolari ostida o‘tgan norasmiy muloqot davomida mehmonlar taassurotlari bilan bo‘lishib, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatidan foydalandilar.

Source: kun.uz