Birinchi tekshiruvga oʻn daqiqa qoldi. Hamshira uskunalarning ishlashini tekshiradi, biopsiya uchun asboblarni tayyorlaydi, monitorni yoqadi. Shifokor muolajalar rejasini koʻrib chiqadi va kundalik ish jarayoniga tayyorgarlik koʻradi.
Yoʻlakda bu boshlangʻich bosqichni hech kim payqamaydi, lekin aynan shu vaqtda butun ish kuni qanchalik muammosiz oʻtishi hal qilinadi. Chunki endoskopiya faqat bitta asbob yoki bitta mutaxassisning harakatlaridan iborat emas. Bu oʻzaro bogʻliq zanjir boʻlib, undagi zaif halqa tekshiruvni kechiktirishi, uskunani qayta ishlashni qiyinlashtirishi yoki jamoani eng noqulay paytda kerakli asbobni qidirishga majbur qilishi mumkin.
Rossiyaning Endo Stars kompaniyasi bu jarayon zanjiriga bir butun sifatida, tizimli nazar bilan qarashni taklif qilmoqda. Korxona diagnostika va minimal invaziv aralashuvlar uchun uskunalar hamda asboblar ishlab chiqaradi, endoskoplarni tozalash va saqlash yechimlarini yaratadi, shuningdek, tibbiyot mutaxassislarini oʻqitish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston klinikalari uchun bunday tizimli yondashuv alohida modelning texnik xususiyatlaridan qolishmaydigan darajada muhim sanaladi: boʻlim aniq jadval boʻyicha ishlashi kerak, demak, uskunalar jarayonga ortiqcha uzilishlarsiz moslashishi talab etiladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, endoskopning eng noxush nosozliklaridan biri - yashirin germetiklik buzilishidir. Agar u oʻz vaqtida aniqlanmasa, qayta ishlash paytida suyuqlik asbob ichiga kirib, qimmat taʼmirlashga olib kelishi mumkin. Masalan, ENDOMATE TEST testeri germetiklikni tekshirish uchun moʻljallangan boʻlsa, D-FREE tizimi kanallarni tozalashga yordam beradi. Qayta ishlashdan soʻng uskunani toʻgʻri quritish va saqlash kerak, buning uchun maxsus shkaflar ishlab chiqilgan.
Alohida olganda, bu qurilmalar oddiy yordamchi vositalardek koʻrinishi mumkin, ammo amaliyotda aynan ular boʻlimning kundalik ritmini saqlab turadi. Natijada shifokor faqat tekshiruvga eʼtibor qaratishi, hamshira tushunarli protokolga amal qilishi, muhandislik xizmati esa muammoni erta aniqlashi mumkin. Bemor esa bu tizimlar nomlarini bilmasa ham, natijani boshqacha his qiladi: qabul oʻz vaqtida boshlanadi, jamoa esa ishonchli harakat qiladi.
Hozirgi kunda Endo Stars katalogida 60 dan ortiq pozitsiya mavjud boʻlib, ular orasida biopsiya, poliplar va begona jismlarni olib tashlash, qon ketishini toʻxtatish, stentlash va toraygan joylarni kengaytirish, shuningdek, murakkab endoskopik operatsiyalar uchun asboblar mavjud. Masalan, klips applikatorining ishchi qismi 360 gradusga aylanadi, qisqich tarmoqlari esa 20 millimetrgacha ochiladi.
Source: kun.uz