Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining "Navoiy" postining sobiq inspektori Husan Nigmatov 2014 yilda sudlanib, 10 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Biroq yillar o‘tib adolat qaror topdi va u to‘liq oqlandi, shuningdek, unga moddiy va ma’naviy kompensatsiya to‘lanishi hamda ishga tiklanishi belgilandi. Sud uning ishdan bo‘shatilishiga oid buyruqni noqonuniy deb topdi.
Nigmatov bojxona organlarida 2009 yilning may oyidan 2013 yilning fevraligacha faoliyat yuritgan. 2014 yilning noyabr oyida viloyat sudi uni bir qator og‘ir jinoyatlarda, jumladan, pora olish va mansabdorlik jinoyatlarida aybdor deb topib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Tergov davridayoq u egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi, biroq u o‘zining aybsizligini ta'kidlashdan to‘xtamagan.
O‘z huquqlarini tiklash yo‘lida advokati bilan birgalikda harakat qilgan Nigmatov Oliy sudga murojaat qildi. 2026 yilning 15 yanvarida Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati barcha avvalgi ayblov hukmlarini bekor qilib, uni oqladi. Shundan so‘ng u davlatdan yirik miqdorda kompensatsiya talab qilish huquqiga ega bo‘ldi va sud qarori bilan unga 591,7 million so‘m ish haqi hamda musodara qilingan mablag‘lar qaytarildi, shuningdek, Uchtepa tuman sudi ma’naviy zarar uchun yana 350 million so‘m undirib berdi.
Biroq Boyxona qo‘mitasi uni o‘z tashabbusi bilan ishga tiklashdan bosh tortgach, sobiq inspektor yana sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi barcha qonuniy normalarni inobatga olib, uning da’vosini qanoatlantirdi. Endilikda Nigmatov o‘zining avvalgi lavozimiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ishga tiklanishi, shuningdek, majburiy progul davri uning umumiy mehnat stajiga qo‘shib berilishi ta’minlanadi.
Source: podrobno.uz