Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Joriy yilning oktabr oyida Yaponiyaning yetakchi transport-logistika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga amaliy tashrifini uyushtirish masalasi faol ravishda koʻrib chiqilmoqda. Mazkur tashrif doirasida Angren shahrida faoliyat yuritayotgan Uzbekistan Proud Academy markazida Yaponiyada mehnat faoliyatini yuritish istagida boʻlgan nomzodlar bilan maxsus saralash suhbatlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

«Dunyo» axborot agentligi tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, bu kabi muhim tashabbuslar Oʻzbekistonning Yaponiyadagi diplomatik vakolatxonasida Proud Partners kompaniyasi rahbariyati bilan oʻtkazilgan rasmiy muzokaralar chogʻida batafsil muhokama qilingan. Tomonlar oʻzbekistonlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning xorijda bandligini taʼminlash mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratishgan.

Muloqot davomida Angrendagi Uzbekistan Proud Academy bazasida oʻzaro hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish masalalari kun tartibidan joy oldi. Xususan, mahalliy yoshlarga yapon tilini chuqur oʻrgatish, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarni singdirish hamda kelgusida ularni Yaponiyaning yirik korxonalariga ishga joylashtirish yoʻnalishidagi amaliy qadamlar belgilab olindi.

Rejaga koʻra, boʻlajak tashrif chogʻida yaponiyalik ish beruvchilar oʻquv markazining infratuzilmasi va amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, ular mamlakatimiz fuqarolarini Yaponiyada mehnat qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri saralab olish maqsadida intervyular tashkil etishlari kutilmoqda.

Source: kun.uz