Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

10-sentabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida favqulodda holat yuz berdi. Sadriddin Ayniy ko‘chasida qishloq xo‘jaligi texnikalari ortilgan yirik yarim tirkama yuk mashinasidan uzilib ketib, nishab yo‘l bo‘ylab pastga harakatlangan va keksa er-xotin Gulbi Turdiqulova hamda Abduvali Berdibekovning xususiy uyiga borib urilgan.

Og‘irligi taxminan 50–60 tonna bo‘lgan va ikkita kombaynni tashiydigan 20 metrlik yarim tirkama uyning g‘isht va asosiy devorlarini, shuningdek, tomning bir qismini butunlay vayron qilgan. Shuningdek, xonadagi ichki bezaklar, mol-mulk va tashqi gaz quvuri ham jiddiy zarar ko‘rib, o‘sha kundan buyon xonadon gaz ta’minotisiz qolgan.

Jabrlangan keksalar hodisa vaqtida mo‘jiza tufayli omon qolishganini aytishmoqda. Voqea sodir bo‘lgan paytda uy egasi Abduvali Berdibekov zalda bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsa, uning turmush o‘rtoqi bozorga ketgan edi. Zarba oqibatida uy konstruksiyalari siljib, ichki eshiklar ochilmay qolgan, erkak tashqariga zo‘rg‘a chiqqan.

Oradan bir oydan ortiq vaqt o‘tganiga qaramasdan, oila hanuzgacha rasmiy zarar bahosini olmagan va yetkazilgan zararni kim qoplashi bo‘shicha aniq javobga ega emas. Mahalliy hokimlik va mas’ul idoralar surishtiruv ishlari davom etayotganini bildirar ekan, jabrlanganlar o‘z kuchlari bilan uyni ta’mirlashga kirishishga majbur bo‘lmoqda.

Source: www.gazeta.uz