Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet xizmati agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy ish haftasi davomida O‘zbekiston hududida yog‘ingarchiliksiz, quruq va nisbatan iliq ob-havo sharoiti hukmron bo‘ladi. Sinoptiklarning ta’kidlashicha, ushbu kunlardagi harorat ko‘rsatkichlari faslning o‘rtacha iqlimiy me’yorlariga to‘liq mos keladi.

Haftaning birinchi yarmida havo harorati kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduz kunlari esa quyosh nurlari hisobiga +20...+25 darajagacha ko‘tariladi. Biroq haftaning ikkinchi yarmiga borib mamlakat hududiga salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan haftaning so‘nggi kunlarida havo harorati kechalari +3...+8 darajagacha, kunduz kunlari esa +17...+22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqiy yo‘nalishdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esishi prognoz qilinmoqda.

Poytaxt Toshkent shahrida ham hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, sharqiy shamol sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Dushanba va seshanba kunlari poytaxtda kunduzgi harorat +23...+25 daraja atrofida bo‘ladi. 21–22-oktyabr kunlariga kelib kunduzgi ko‘rsatkichlar +20...+22 darajagacha pasayadi. Tungi harorat 20-oktyabrda +10...+12 daraja iliq bo‘lsa, 22-oktyabrga kelib kechasi +6...+8 darajagacha soviydi.

Source: uznews.uz