Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Joriy yilning 19-23 oktyabr kunlari O'zbekiston hududida asosan ochiq va yog'ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qolishi kutilmoqda. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko'ra, hafta boshida nisbatan iliq havo harorati kuzatilsa, dam olish kunlariga kelib sezilarli darajada salqinlashish ehtimoli bor.

Respublikaning aksariyat hududlarida hafta boshida kunduzi termometr ustuni +20...+25 darajagacha ko'tarilsa, kechasi harorat +5...+10 daraja atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda. Biroq haftaning ikkinchi yarmiga kelib, jarayonlar biroz o'zgaradi va kunduzgi haroratlar +17...+22 darajagacha pasayadi, tunlari esa +3...+8 darajagacha sovishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning xabar berishicha, mamlakat bo'ylab sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esishi kutilmoqda. Poytaxt Toshkent shahrida ham yog'ingarchilik kutilmayapti, biroq harorat dinamikasida bosqichma-bosqich pasayish kuzatiladi.

Toshkent shahrida 19-20 oktyabr kunlari havo +23...+25 darajagacha iliq bo'ladi, biroq 21-22 oktyabrdan boshlab kunduzgi harorat +20...+22 darajagacha tushadi. Kechasi esa salqinlik yanada sezilib, 20 oktyabrga o'tar kechasi +10...+12 daraja bo'lgan bo'lsa, 22 oktyabrga borib harorat +6...+8 darajagacha pasayishi bashorat qilinmoqda.

Source: podrobno.uz