Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Zamonaviy ta'lim tizimi shunchaki maktablar va universitetlar soni bilan emas, balki ularning boshqaruv falsafasi bilan belgilanadi. "Ta’lim 360" podkastining navbatdagi sonida mutaxassislar Komil Jalilov va Azamat Akbarov sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilib, mavjud muammolarga e'tibor qaratishdi. Suhbat davomida ta'limni zavod yoki korxona kabi boshqarib bo'lmasligi, chunki uning natijasi yillar o'tibgina ko'rinishi ta'kidlandi.

Ekspertlarning fikricha, an'anaviy KPI ko'rsatkichlari ta'lim sohasida o'zini oqlamaydi, chunki o'quvchi maktabni bitirib chiqquncha 11 yil vaqt o'tadi. Shu boisdan ham boshqaruv jarayoni avvalo chuqur ta'lim falsafasiga tayanishi lozim. Finlandiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar tajribasi ko'rsatib turibdiki, samarali boshqaruv qog'ozbozlikka emas, balki sinfxonalardagi muhitga va o'qituvchilarning salohiyatini oshirishga qaratilishi kerak.

Shuningdek, podkastda butun ta'lim tizimini yagona vazirlikka birlashtirish yoki uni hududlarga taqsimlash masalalari ham ko'rib chiqildi. Komil Jalilovning fikricha, markazlashgan qattiq vertikal boshqaruv tizimi va maktablardagi avtonomiyaning yo'qligi sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Xalqaro tadqiqotlar ham maktablarga ko'proq ishonch bildirilgan va erkinlik berilgan tizimlar samaraliroq ishlashini isbotlagan.

Source: www.gazeta.uz