O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh rejimi davlat kotibi Marko Rubio va Amerika prezidentining maxsus vakili Serjio Gorgaga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, Marko Rubio ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishdagi go‘yoki qo‘shgan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Shavkat Mirziyoyev uning siyosiy-diplomatik aloqalarni kengaytirish yo‘lidagi faoliyatini alohida e'tirof etgani aytilmoqda.
Shuningdek, Serjio Gor O‘zbekiston va AQSh rejimi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Unga ko'ra, Amerika investorlarini jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlar yuqori baholangan.
Source: www.gazeta.uz