Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hindistonning eng yirik korporatsiyalari, jumladan Larsen & Toubro, Adani Group va Reliance Industries vakillari Yangi Toshkent hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur tashrif mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev hamrohligida joriy yilning 15–16-oktabr kunlari tashkil etildi.

Delegatsiya tarkibidan Larsen & Toubro vitse-prezidenti Rajan Bansal, Adani Group’ning Oʻzbekistondagi maxsus vakili Anand Kumar hamda Reliance Industries’ning xalqaro aloqalar boʻyicha direktori Mahesh Kumar oʻrin oldi. Tashrif shuningdek, oktyabr oyida davlat rahbari raisligida xorijiy investorlarni jalb qilish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan.

Yangi Toshkent direksiyasi rahbariyati tomonidan mehmonlarga shaharni rivojlantirishning bosh rejasi va sarmoya kiritish imkoniyatlari yuzasidan batafsil taqdimotlar oʻtkazildi. Muhokamalar chogʻida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, markazlashgan issiqlik taʼminotini yoʻlga qoʻyish, zamonaviy turar joylar va yirik savdo-koʻngilochar markazlarni qurish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Shuningdek, tashrif doirasida oʻtkazilgan Yoqilgʻi-energetika tarmogʻi investorlari kengashining birinchi yigʻilishida Reliance Industries vakili Mahesh Kumar Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyalarini barpo etish hamda energiyani saqlash tizimlarini joriy etish loyihalarida qatnashishga tayyorligini maʼlum qildi.

Source: kun.uz