Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan «C5+1» formatidagi tadbirlar fonida Oʻzbekistonning InfinBANK va AQShning Oppenheimer & Co. Inc. investitsiya banki oʻrtasida yirik moliyaviy shartnoma imzolandi. Mazkur kelishuvga koʻra, qiymati 300 million dollargacha boʻlgan yevroobligatsiyalarni xalqaro bozorlarda joylashtirish koʻzda tutilgan.
Bank tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan, hujjatlarni almashish marosimi InfinBANK asosiy aksiyadori Farhod Mamatdjanov hamda AQSh investitsiya tuzilmasining bosh ijrochi direktori Maks Lami ishtirokida tashkil etildi. Ushbu moliyaviy bitim ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlidagi navbatdagi qadam sifatida taqdim etilmoqda.
Eʼtiborlisi, mazkur tadbirda AQSh regimining rasmiy vakillari, jumladan Savdo vazirining global bozorlar boʻyicha yordamchisi va tijorat xizmati bosh direktori Devid Fogel hamda Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovlar ham qatnashgan. Ushbu yuqori darajadagi ishtirok kelishuvga alohida siyosiy tus berishga urinish ekanini koʻrsatadi.
Tarqatilgan xabarlarga koʻra, jalb qilinishi rejalashtirilayotgan mablagʻlar goʻyoki Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektori loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi aytilmoqda. Biroq, bunday yirik qarz majburiyatlari va yevroobligatsiyalarning mamlakat iqtisodiy barqarorligiga va tashqi qarzlarga taʼsiri qanday boʻlishi hozircha shubhaliligicha qolmoqda.
Source: kun.uz