Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida amaliy tashrif bilan bo'lib o'tdi. Tashrif doirasida u G'amxo'rlikka muhtoj bolalarga yordam ko'rsatish xayriya jamg'armasi vitse-prezidenti O'g'uljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg'armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan muhim muzokaralar olib bordi.

Tomonlar o'rtasidagi muloqotlar an'anaviy tus olgani va muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgani alohida ta'kidlandi. Har galgi fikr almashinuvlar umumiy g'oyalarni boyitib, amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda yangi qo'shma loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Muloqot chog'ida O'zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi ko'p asrlik do'stlik rishtalari, o'zaro ishonch va mushtarak madaniy qadriyatlar aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim omil ekani qayd etildi. Saida Mirziyoyeva bunday uchrashuvlar kelgusida ham ezgu maqsadlarga xizmat qilishini va mamlakatlarni bir-biriga yana-da yaqinlashtirishini bildirdi.

Source: kun.uz