O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eronning Toshkentdagi elchisi Muhammad Ali Iskandariyni maxsus ravishda chaqirtirib, rasmiy norozilik notasini topshirdi. Bu qadamga Eronning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Samarqand shahrining boy tarixiy-madaniy merosini siyosiy maqsadlarda biryoqlama talqin qilgani sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.
Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayzievning so‘zlariga ko‘ra, mojaro Eron diplomatik vakolatxonalarining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida e’lon qilingan bahsli materiallar ortidan kelib chiqqan. Rasmiy Toshkent bu kabi yondashuvlarni qat’iyan qoralab, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar merosi o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi hamda davlatchilik an’analarining ajralmas qismi ekanini qat’iy uqtirgan.
Uchrashuvda diplomatik idoralar o‘z axborot resurslarida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga amal qilishi shartligi, tarixiy-madaniy masalalarni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Eron tomoniga tegishli postlarni zudlik bilan o‘chirib tashlash va kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish talabi qo‘yildi.
Mazkur diplomatik tushunmovchilikka AQŞning shubhali va bahsli mulozimi, davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi chog‘ida Registon maydonida tushgan surati va uning ortidan e’lon qilingan bayonotlari sabab bo‘lgani aytilmoqda. O‘zbekiston tomoni Eron bilan munosabatlarni qadrlashini bildirsa-da, tarixiy merosni buzib ko‘rsatish urinishlariga nisbatan o‘zining prinsipial pozitsiyasini saqlab qolishini qat’iy ta’kidladi.
Source: kun.uz