Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning bosh futbol klublaridan biri bo'lgan «Paxtakor»ni qo'llab-quvvatlash uchun mablag' yo'naltirishga qaror qildi. Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, klub ehtiyojlari uchun 5 milliard so'm miqdorida mablag' ajratilishi ma'qullandi.

Ma'lum qilinishicha, moliyaviy resurslar shahar hokimligi qoshidagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg'armasi hisobidan qoplanadi. Ushbu mablag'lar futbol klubining tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq barcha zaruriy xarajatlarni amalga oshirishga sarflanishi ko'zda tutilgan.

Shuningdek, qabul qilingan qarorning ijrosini ta'minlash hamda moliyaviy mablag'larning o'z vaqtida va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi. Xususan, moliya, iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosarga ushbu qaror ijrosi yuzasidan Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga batafsil hisobot taqdim etish topshirildi.

Source: uznews.uz