Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda mamlakatda xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yanada rag'batlantirish va tartibga solish bo'yicha muhim ko'rsatmalar berildi.

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, oxirgi ikki yil ichida xususiy bandlik agentliklari uchun lisenziyalash tartib-taomillari sezilarli darajada soddalashtirilgani natijasida ularning soni uch baravarga ko'paygan. Shu bilan birga, ushbu agentliklar ko'magida xorijda ishga joylashgan fuqarolar soni besh baravarga oshgani qayd etildi.

Kelgusi yildan boshlab fuqarolarni chet elga ishga yuborish funksiyalari to'liq eng nufuzli va ishonchli xususiy bandlik agentliklariga bosqichma-bosqich o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bunda yuqori maoshli ish bilan ta'minlangan har bir fuqaro uchun agentliklarga 1,5 million so'mdan rag'batlantirish subsudiyalari to'lab berilishi belgilandi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunar va chet tillariga o'qitish sifatini oshirish maqsadida texnikumlarning bo'sh turgan binolari bepul ijara asosida beriladi. Xorijdan jalb etilgan o'qituvchilar va ekspertlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi atigi 1 foiz etib belgilanib, o'quv jarayoni uchun zarur texnika va jihozlar bojxona to'jlovlaridan ozod qilinadi.

Yangi tartibga ko'ra, xususiy bandlik agentliklari faoliyati to'liq raqamlashtirilgan shaffof tizim asosida reyting orqali baholanadi. Bunda fuqarolarni amalda ishga joylashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy ta'minoti asosiy mezon bo'lishi ta'kidlandi.

Source: uznews.uz