Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida ötkazilgan “Özbekistonda mediaisteʼmol böyiça milliy tadqiqot” hisobotini eʼlon qildi. Ushbu keng qamrovli hujjat mamlakatdagi axborot makoni va aholining axborot olish odatlarini baholashga qaratilgan.

Tadqiqot “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan 2026-yilning 8–19-sentabr kunlari ötkazilgan sörov natijalariga asoslanadi. Sörov jarayonida Özbekistonning barça 14 ta hududidan 18 yoş va undan katta boʻlgan 1411 nafar respondent iştirok etib, oʻzlarining media afzalliklarini bildirdilar.

Tadqiqot doirasida “Siz köproq qaysi onlayn naşrlarni öqiysiz?” degan savolga söralganlarning 75 foizga yaqini Kun.uzʼni körsatdi. Xususan, Kun.uz sayti 74,7 foiz körsatkiç bilan birinçi örinni egallagan bölsa, keyingi örinlarni Daryo.uz (43,5 foiz), Qalampir.uz (36,8 foiz) va Gazeta.uz (20,4 foiz) kabi naşrlar band etdi.

Olingan maʼlumotlarga köra, Kun.uz barça yoş toifalarida, erkaklar va ayollar örtasida, şuningdek, respublikaning barça hududlari böyiça yaqqol yetakçilik qilmoqda. Jumladan, erkaklarning 82,7 foizi va ayollarning 66,9 foizi ushbu naşrni tanlagan. Hududiy kesimda ham yuqori natijalar qayd etilib, Xorazm viloyatida 90,5 foiz, Qoraqalpoğistonda 88,2 foizni taşkil etgan.

Source: kun.uz