Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston va Yaponiya ekologiya sohasida hamkorlik memorandumi imzoladi. Hujjat iqlim o‘zgarishi, havo va suvning ifloslanishi muammolariga qarshi kurash, shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni nazarda tutadi.

Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yaponiya delegatsiyasiga Atrof-muhit vazirining o‘rinbosari Doi Kentaro rahbarlik qildi.

Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va zamonaviy ekologik muammolarga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Ekologik muammolarning global xarakterga ega ekanligi va ularni hal qilish, tabiatni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish uchun birlashgan sa’y-harakatlar talab qilinishi ta’kidlandi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekistonning Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Milliy qo‘mitasi bilan Yaponiya Atrof-muhit vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat teng huquqlilik va o‘zaro manfaat asosida, barqaror rivojlanish maqsadlari, milliy qonunchilik va xalqaro ekologik kelishuvlarni hisobga olgan holda o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi.

Memorandunga ko‘ra, hamkorlik iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, havo ifloslanishini kamaytirish, suv resurslarining ifloslanishining oldini olish va chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishni qamrab oladi. Shuningdek, tomonlar birgalikda uchrashuvlar, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat mutaxassislari va ekspertlari o‘rtasida ma’lumot almashishga kelishib oldilar.

Memorandumni o‘zbek-yapon hamkorligini kengaytirish va birgalikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun asos sifatida qarash mumkin. Yaqinda Qoraqalpog‘istonda Yaponiyada ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash markazi ochilishi e’lon qilingan edi.

Source: podrobno.uz