25-fevral kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning ba’zi hududlarida sezildi. Seysmoprognostik monitoring markaziga ko‘ra, yer qimirlashi epitsentri Bag‘lon viloyatiga to‘g‘ri kelgan.
Magnituda: 5,7, chuqurlik: 67 km.
Zilzila Surxondaryo viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi.
20-fevral kuni ham Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 2−3 ball ko‘rinishida sezilgan. Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini his qilganini bildirgandi.
Source: www.gazeta.uz