Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 13 yoshli qiz homilador bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova idorasi holatni tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizga oilaga tanish shaxs tomonidan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Qizning homiladorligi homila 6 oylik bo‘lgan vaqtda aniqlangan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Bolalar ombudsmani bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan ish yurituvi bo‘yicha kuzatuvini davom ettirishini bildirdi.
Source: www.gazeta.uz