Milliy ijtimoiy himoya agentligi Ramazon oyi munosabati bilan moddiy yordam to'lovlarining birinchi bosqichi yakunlanganligini ma'lum qildi.
Jami 616 305 oila 422 milliard so'mdan ortiq miqdorda yordam oldi.
225 541 oilaga 1 million so'm mablag' o'tkazildi. Bularga davlat ta'minotidagi oilalar, yetim va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalar, shuningdek, yolg'iz qariyalar va g'amxo'rlikka muhtoj nogironlar kiradi. Mahalla qo'mitasining qo'shimcha ro'yxatlaridan 378 mingga yaqin kam ta'minlangan oila 500 ming so'm oldi.
Agentlikda to'lovlar manzilli amalga oshirilayotgani va dasturning ikkinchi bosqichi O'roza hayitigacha arizalari ko'rib chiqilayotgan oila va fuqarolar uchun rejalashtirilganligini bildirdi.
Source: kun.uz