O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda.
27−28-fevral kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 28-fevral kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
1-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir, shimolda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi.
Aksariyat hududlarda havo harorati +10…+15 daraja, yakshanba kuni ba’zi joylarda +17 darajagacha, janubda +20…+25 darajagacha bo‘ladi. Kechaning harorati +1…+6 daraja.
Shimolda kechalari −2…−7 daraja, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kuni +12…+14 daraja, shanba kuni +10…+12 daraja, yakshanba kuni +14…+16 daraja bo‘ladi. Kechaning harorati +2…+4 daraja. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Source: www.gazeta.uz