Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda o‘smirning BMW M4 mashinasida YPX xodimini urib yuborganidan so‘ng, Bosh prokuratura Uzbelas Performance tyuning atelesi rahbari Asadbek Jumayevning rezonansli videointervyusini o‘rgandi. Intervyuda Jumayev maxsus chiroqli BMW avtomobillariga (biri raqamsiz) xizmat ko‘rsatganini tan oldi va "kichik jarima bilan qutulganini" aytdi.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, 16-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Jumayevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 195−2-moddasi bo‘yicha 8,4 mln so‘m jarima tayinlagan. 26-fevral kuni tuman prokuraturasi sud qaroriga protest kiritdi, bu esa jazoning qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelishi mumkin.

Jumayev intervyuda "qiyin do‘stlari ko‘p"ligini va "Yuz so‘m puling bo‘lmasin, yuzta do‘sting bo‘lsin" degan maqolni keltirdi. U, shuningdek, yoshlarning giyohvand moddalardan ko‘ra mashinalarga berilgani ma’qul ekanligini aytdi.

IIV videoni "maqtanchoqlik sifatida yaratilgan piar kontent" deb atadi. Jumayev esa "bo‘ysunmaslik va masxaralash" aks etganini tan oldi, lekin buni tashviqot uchun qilmaganini aytdi. U YPX xodimidan uzr so‘radi.

Source: www.gazeta.uz