Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh Prezidenti Donald Trump bilan telefon suhbatida 2026-yilga qadar urush tugashiga umid bildirdi. Amerika rahbari esa, o'z navbatida, imkon qadar qisqa muddatda - hatto bir oy ichida tinchlik kelishuviga erishishni istashini aytdi. Buni Axios portali ukrainalik amaldor va muzokaralar tafsilotlarini bilgan manbalarga tayanib xabar qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Zelenskiy mojaroning joriy yilning o'zida tugashiga umid qilishini ta'kidladi. Bunga javoban Trump urush juda uzoq davom etayotganini aytib, uning tezroq tugashiga umid bildirdi.
Suhbatda ikki mamlakat rahbarlaridan tashqari, maxsus elchi Stiv Uitkoff va amerika prezidentining kuyovi Jared Kushner ishtirok etdi. Zelenskiyning so'zlariga ko'ra, tomonlar 26-fevral kuni Jenevada bo'lib o'tadigan ikki tomonlama uchrashuvda vakillar ishlaydigan masalalar, shuningdek mart oyi boshida rejalashtirilgan uch tomonlama formatdagi keyingi muzokaralar turlari uchun tayyorgarlikni muhokama qildi.
Ukraina prezidenti kelgusi aloqalar davlat rahbarlari darajasidagi muzokaralarga o'tish imkonini berishiga umid bildirdi.
Source: kun.uz