Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy kampaniyasi davomida minglab chet el fuqarolari jangovar harakatlarda qatnashdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasi tarkibida 264 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Foto: AFP/Getty Images

Al Jazeera nashri o‘zining tahliliy materialida Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy kampaniyasi davomida minglab chet el fuqarolari jangovar harakatlarda qatnashganini xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Isroil mudofaa armiyasi tarkibida 264 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Nashrga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasining katta qismi ikki fuqarolikka ega. Ularning orasida, nashr yozishicha, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ukraina, Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolari bor.

Qanday raqamlar keltirilmoqda?

Kamida 12000–13000 harbiy xizmatchi AQSh fuqarosi bo‘lib, eng katta guruhni tashkil qiladi. Shuningdek, Fransiya va Rossiya fuqarolari soni 5000–6000 kishini tashkil etadi. Buyuk Britaniya, Germaniya va Ukraina fuqarolari soni 1000 dan ortiq.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tomonida 264 nafar O‘zbekistonlik jang qilgan – ular 5 millat vakillariga tegishli. Aniq millatlar ko‘rsatilmagan, ammo ularning Isroil fuqaroligiga ega ekanligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, chet el fuqarolari orasida 189 nafar Qozog‘iston fuqarosi, 52 nafar Qirg‘iziston fuqarosi, 31 nafar Turkmaniston fuqarosi va 8 nafar Tojikiston fuqarosi ham bor.

Mualliflar ta’kidlashicha, chet elliklarning bir qismi Isroil armiyasida doimiy xizmat o‘tayotgan, bir qismi esa mojaro keskinlashgandan keyin mamlakatga kelgan.

Huquqiy va xalqaro masalalar

Nashrda chet el fuqarolarining harakatlari xalqaro gumanitar huquq normalarini buzgan deb topilsa, ularning mumkin bo‘lgan huquqiy javobgarligi masalasi ko‘tarilgan.

Iqtibos keltirilgan inson huquqlari tashkilotlari harbiy xizmatchilarning kelib chiqqan mamlakatlarida tergovlar o‘tkazish va ularni potentsial javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, bir qator davlatlarning rasmiy organlari bunday choralarni boshlaganliklari haqida ochiqchasiga e’lon qilmagan.

G‘azodagi mojaro keskin xalqaro munozaralar mavzusi bo‘lib qolmoqda, chet el fuqarolarining jangovar harakatlarda qatnashishi esa diplomatik va huquqiy bahslarni keltirib chiqarmoqda.

Source: kun.uz