Nukus shahri markazidan oqib o'tuvchi "Do'stlik" kanalida 17-fevral kuni ertalab soat 08:20da odam cho'kayotgani haqida xabar kelgan. Voqeani kanal bo'yidan o'tayotgan bir piyoda kuzatib, qutqaruv xizmatiga xabar bergan.
O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining suv osti qutqaruvchilari tezda joyga yetib kelib, jabrlanuvchini suvdan chiqarishgan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko'rsatilib, hayoti saqlanib qolgan.
Keyin qutqarilgan fuqaro tez tibbiy yordam brigadasiga topshirilgan.
Jabrlanganga birinchi yordam ko'rsatilib, shifokorlarga topshirilgan.
Foto: videodan kadr
Source: kun.uz