Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi "Do‘stlik" kanalida 17-fevral kuni soat 08:20da odam cho‘kayotgani haqida xabar kelgan. Voqeani kanal bo‘yidan o‘tayotgan bir kishi ko‘rib, qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining suv osti qutqaruvchilari tezda joyga yetib kelib, jabrlanuvchi ayolni suvdan chiqargan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlanib qolgan.

Keyin qutqarilgan ayol tez tibbiy yordam brigadasiga topshirilgan.

Source: kun.uz