Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Yerostigaz” AJga 2,8 mlrd so‘mlik asossiz hisoblangan to‘lovni Angren IESga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Qo‘mita axborot xizmati bu haqda xabar qildi.
Angren AESning murojaati asosida Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tekshiruv o‘tkazdi. Natijada, “Yerostigaz” AJ 2024-yil fevral-mart oylarida gaz narxini 135 969 so‘m o‘rniga 265 536 so‘m qilib belgilab, 2,8 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha to‘lov undirgani aniqlangan.
Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi “Yerostigaz”ga qarshi ish qo‘zg‘atdi va moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qildi. Qo‘mita, shuningdek, 2,8 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovni qaytarish va kelajakda bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ish hozirda sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Source: www.gazeta.uz