Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Sergeli tumanida AQShning Xalqaro Taraqqiyotni Moliyalash Korporatsiyasi (DFC) ishtirokida "quruq port" loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu DFC uchun O'zbekistondagi birinchi loyiha bo'ladi.

Kelishuvlar Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov va amerikalik korporatsiya vakillari o'rtasidagi uchrashuvda erishildi. Muzokaralar O'zbekiston Prezidentining AQShga tashrifi chog'ida tuzilgan kelishuvlar doirasida o'tkazildi, deya ma'lum qilindi poytaxt hokimiyatida.

Loyiha Sergeli tumanida joylashgan First Dry Port Terminal bilan hamkorlikda "quruq port" yaratishni nazarda tutadi. Uning ishga tushirilishi poytaxtning logistika salohiyatini oshirishi va tashqi savdo imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Tomonlarning baholashiga ko'ra, tashabbus iqtisodiy faollikning o'sishiga va yangi ish o'rinlari yaratilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mahalliy mahsulotlarning Yevropa mamlakatlariga to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish hajmining oshishi va xalqaro tovar ayirboshlashning kengayishi kutilmoqda.

Source: kun.uz