Toshkent shahri Uchtepa tumani prokurori yordamchisi noqonuniy harakatlari uchun Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan. Tadbirkorga Shayxontohur tumanidagi ikkita bino yerto‘lasini ijaraga berib, 15 ming dollar olayotganda ushlangan.
Pulni olgach, mashinasida qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
DXX fuqarolardan bunday holatlarda 1520 raqamiga murojaat qilishni so‘radi.
Source: www.gazeta.uz