Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2025-yilda O‘zbekistonda 224 845 nafar ota-ona Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda 25-fevral kuni Senat qo‘mitalari qo‘shma majlisida Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Rahmonovaning ta’kidlashicha, 2025-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda 3301 nafar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan 2584 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Bu jami jinoyatlarning 4,09 foizini tashkil etgan. Qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan bolalarning katta qismi maktab o‘quvchilariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, o‘tgan yili voyaga yetmaganning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 70 271 nafar ota-ona profilaktik hisobga olingan. Yil davomida 5 877 nafar voyaga yetmagan profilaktik hisobdan chiqarilgan.

Bolalar ombudsmani oila, maktab va mahalla doirasida manzilli choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Source: www.gazeta.uz