Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko'ra, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining ikki nafar tezkor xodimi xizmat mavqeini suiistemol qilib, pora olishda gumonlanib ushlandi.

Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo'limi katta tezkor vakili va Toshkent shahri IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili Olmazor tumanida yashovchi fuqarodan 2200 dollar talab qilgan. Ular fuqaroning yonidan topilgan 3 gramm gashish moddasi bo'yicha tergovga qadar uni jinoiy javobgarlikka tortmaslikni va'da qilib, avval 1000 dollar olgan.

Qolgan 1200 dollarni olish paytida ushlangan. Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv bo'limi katta tezkor vakili ham ushlangan.

Toshkent shahri prokuraturasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atib, qamoq ehtiyot chorasi qo'llagan. Tergov davom etmoqda.

Source: www.gazeta.uz