Prezident Shavkat Mirziyoyev marhum kichik serjant Xosilbek Beknazar o‘g‘li Eshnazarovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Mukofot uning ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashi, jamoat xavfsizligini saqlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishdagi xizmatlari uchun berildi.
Xosilbek Eshnazarov Toshkent shahri YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori bo‘lib, Toshkentda o‘smir boshqaruvidagi BMW M4 avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. 16 yoshli maktab o‘quvchisi avtomobilni olib qochish va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda gumonlanmoqda.
Source: www.gazeta.uz