Eron Qizil Yarim Oy tashkiloti ma'lum qilishicha, mamlakat hududiga qilingan zarbalar natijasida 787 kishi halok bo‘lgan.
Foto: AP
AQShda joylashgan "Human Rights Activists in Iran" (HRANA) huquq himoyasi tashkiloti esa boshqa raqamlarni keltirmoqda: ularning ma'lumotiga ko‘ra, o‘q otishlar natijasida 742 tinch aholi, shu jumladan 176 bola halok bo‘lgan.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi seshanba kuni Isroil harbiylari Tehrondagi Gandi kasalxonasiga zarba berganini ma'lum qildi. O‘z navbatida, Isroil Mudofaa Armiyasi esa tibbiy muassasa "zarba maqsadi bo‘lmagan" deb e'lon qildi.
Source: kun.uz