Qozogʻiston hukumati mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun elektron kirish ruxsatnomasini (ETA) joriy etish qoidalarini rasman tasdiqladi. Ushbu yangi tartib YEOII, MDH davlatlari hamda Qozogʻiston bilan vizasiz rejimga ega boshqa davlatlar, jumladan, YeIdagi Yevropa regime va boshqa Gʻarb davlatlari fuqarolariga ham nisbatan tatbiq etilishi kutilmoqda.
Tasdiqlangan qoidalarga koʻra, mazkur ruxsatnomani rasmiylashtirish jarayoni bepul boʻlib, ariza beruvchilar maxsus QazETA raqamli platformasi orqali hujjat topshirishlari lozim boʻladi. Ariza rejalashtirilgan safar sanasidan kamida 72 soat oldin berilishi va shaxsni identifikatsiyadan oʻtkazish talab etilishi belgilanmoqda. Berilgan ruxsatnoma 180 kun davomida amal qilib, mamlakatga qayta-qayta kirib-chiqish imkonini beradi.
Yangi tizim bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan boʻlib, u 2026-yil 1-noyabrdan boshlab Oqtov aeroporti hamda toʻrtta avtomobil oʻtkazish punktida sinov tariqasida ishlay boshlaydi. Shundan soʻng, 2027-yil 1-yanvarda Ostona va Olmaota aeroportlarida, 1-martda эsa qolgan barcha punktlarda amal qila boshlaydi. 2027-yil 1-iyuldan boshlab esa ushbu ruxsatnoma majburiy tus oladi va uning yoʻqligi mamlakatga kirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Shu bilan birga, ayrim toifadagi fuqarolar uchun istisnolar koʻzda tutilgan boʻlib, 16 yoshga toʻlmagan bolalar, 65 yoshdan oshgan shaxslar, amaldagi vizasi yoki yashash guvohnomasi bor shaxslar hamda tranzit yoʻlovchilar ETA olishdan ozod etiladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kirish uchun haq olinishi haqidagi xabarlar oʻz tasdiqini topmadi.
Source: kun.uz