Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon yetakchisini Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari yig‘ilishi bo‘yicha muvaffaqiyatli raislik hamda uning yettinchi sammitini yuqori saviyada o‘tkazgani bilan samimiy tabrikladi. Tomonlar joriy yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish mexanizmlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda barcha darajadagi aloqalar faollashgani va jilning boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga o‘sgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shuningdek, geologiya, energetika, qurilish, transport va logistika, yengil sanoat hamda turizm yo‘nalishlarida yirik kooperatsiya loyihalari faol bosqichda ekani ta'kidlandi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini kelishib oldilar.

Source: podrobno.uz