Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi. Tashrifning asosiy maqsadi mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi muhim tadbirlarda qatnashishdan iborat ekani ta'kidlanmoqda.

Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarboyjon bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafoyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar. Tashrif doirasida davlat rahbarining xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalariga bagʻishlangan qator uchrashuvlari kutilmoqda.

Ertaga, 15-oktabr kuni Oʻzbekiston rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbir doirasida ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va dolzarb muammolarni muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, sammit kun tartibidan kelib chiqqan holda, qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularda turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Source: kun.uz