AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) hindistonlik milliarder Gautam Adani va uning jiyani Sagar Adaniga qarshi fuqarolik da’vosini hal qilishga kelishdi. Sud hujjatlariga ko‘ra, Adani 6 million dollar, Sagar Adani esa 12 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan. Kelishuvda aybni tan olish sharti yo‘q va u sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Gautam Adani 2024-yilda sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida AQSh prokurorlari tomonidan hindistonlik amaldorlarga pora berish va amerikalik investorlarni aldashda ayblangan edi. Ayblovlar, asosan, Hindistonda foydali quyosh energiyasi shartnomasini olish uchun to‘langan poralar bilan bog‘liq edi.
The New York Times xabariga ko‘ra, AQSh Adolat departamenti ham Adaniga qarshi jinoiy ayblovlarni olib tashlashga yaqin. Kelishuv doirasida Adani AQShga 10 milliard dollar sarmoya kiritishga va’da bergan. Bu taklif avvalroq Adani tomonidan Trumpning saylovdagi g‘alabasidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan edi.
Adani yangi advokatlar guruhini, jumladan, prezident Donald Trumpning shaxsiy advokatlaridan biri Ribert Giuffrani yollaganidan so‘ng, prokurorlar ayblovlarni olib tashlashga harakat qilgan. Advokatlar 100 dan ortiq slaydda prokurorlarning asosiy dalillarga ega emasligini va ishni ko‘rish vakolati yo‘qligini ko‘rsatgan.
AQSh G‘aznachilik departamenti tomonidan Adani kompaniyalarining Eron gazini AQSh sanksiyalarini buzgan holda tashish bo‘yicha tergovi ham alohida jarima bilan yakunlanishi mumkin.
Source: www.dw.com