Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh Harbiy-havo kuchlariga tegishli ikkita EA-18G Growler qiruvchi samolyoti Aydaxo shtatidagi Mountain Home aviabazasi yaqinida havoda to‘qnashib ketdi.

Hodisa 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Gunfighter Skies avia-shousi vaqtida, bazadan 3,2 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Samolyotlar to‘qnashgandan so‘ng to‘rtta parashyut ochilgani ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda aks etgan.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, barcha to‘rt ekipaj a’zosi xavfsiz tarzda katapultlanib, qutqarilgan. Hozirda qutqaruv ishlari yakunlangan va hudud bloklangan.

Mountain Home aviabazasi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, tergov boshlangan va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Source: www.dw.com